Alvis Eglitis: O‘zbekistonda saylovoldi kurashini yoritishda zamonaviy jurnalistik usullar juda faol qo‘llanilmoqda

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritishda mamlakat nodavlat teleradiostudiyalari tomonidan xalqaro standartlarning qo‘llanilishi: milliy tajriba va dunyo amaliyoti” mavzusidagi xalqaro davra suhbati “Prezident saylovi mamlakat nodavlat teleradiostudiyalari tomonidan qanday yoritilmoqda?”, “Mamlakatdagi mustaqil studiyalar xalqaro standartlarga rioya etyaptimi?”, “Targ‘ibot faoliyati davomida partiyalar va nomzodlarning huquqlari buzilmayaptimi?” kabi savollar bilan ochildi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Elektron OAV milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: O‘zEOAVMA

Foto: O‘zEOAVMA

Ilg‘or tajribani o‘rganish va undan o‘z kontentini yaratishda foydalanish media-soha uchun birinchi raqamli vazifaga aylandi. Janubi-sharqiy Yevropada OAVni rivojlantirish bo‘yicha ekspert, SEECOM prezidenti, kommunikatsiyalar bo‘yicha Yevropa direktorlar kengashi assotsiatsiyasi a’zosi (EACD) Ognian Zlatev (Bolgariya) bu tashabbusni ijobiy baholaydi:

“O‘zbekiston OAV xalqaro tajribalarni tatbiq etayotgani juda yaxshi, yana bir muhim jihat — ekspertlarni taklif qilishmoqda. Bu esa mamlakatdagi OAV ilg‘or tajribalarga rioya qilayotganidan dalolatdir va bu ularning faoliyatlarida yordam beradi. Fikrimcha, bu yerda umuman barcha ish xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ekspertlar ta’kidlaganidek, OAVning saylovni yoritish jarayonidagi ishi barcha nomzodlar teng imkoniyatlarga ega bo‘lishlari uchun balanslangan va vijdonan, halol bo‘ladi”. 

Yana bir yangilik nodavlat telejurnalistlar g‘arbda urf bo‘lgan tok-shou tayyorlashga qaror qildi va bu borada ham muvaffaqiyatga erishdi. MSK xodimlari, O‘zbekiston parlamenti deputatlari, siyosiy partiyalar, Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari, shuningdek talaba yoshlar ishtirokidagi “Mening ovozim” tobora ko‘proq muxlislarni o‘ziga jalb etmoqda. Bugun ko‘rsatuv nodavlat efirda eng yuqori reytingga ega bo‘lgan dasturlardan biri hisoblanadi. E’tiborlisi, uning asosiy “ishqibozlari”lari, shuningdek, boshlovchilari ham yosh avlod vakillaridir.

Yudjin Eteris. Foto: O‘zEOAVMA

Yudjin Eteris.
Foto: O‘zEOAVMA

“Bugun biz O‘zbekistonda nodavlat ommaviy axborot vositalari aholi o‘rtasida jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun yanada kerakli siyosiy kuch bo‘lib borayotganini kuzatyapmiz. Menga O‘zbekistonga kelish va saylovga tayyorgarlik jarayonini kuzatish juda yoqimli bo‘ldi. Ayniqsa, axloqsiz leksika, tahdidlar, umuman duch kelgan narsalar qo‘llangan Amerikadagi saylovdan keyin. U yerda nomzodlar tok-shou vaqtida bir-birlarini o‘ldirib qo‘yishlariga oz qoldi. Respublikangiz butunlay boshqa yo‘ldan borgani va bu yo‘lda davom etayotganidan xursandman”, — deb ta’kidladi Stradin nomidagi Riga universiteti Yevropa tadqiqotlari fakulteti professori, “Baltic-Sourse.com” internet-jurnali xalqaro kuzatuvchisi Yudjin Eteris (Latviya)

Alvis Eglitis. Foto: O‘zEOAVMA

Alvis Eglitis.
Foto: O‘zEOAVMA

Aynan ushbu fikrni Latviyaning “BNS” tahririyati xalqaro yangiliklar muharriri Alvis Eglitis davom ettirdi: “Men, xususiy telestudiyalardan biri saylovga bag‘ishlangan tok-shouni tasvirga olayotgani shohidi bo‘ldim, unda partiyalar vakillari nima uchun aynan o‘zlarining nomzodlari mamlakat Prezidenti bo‘lishini istashlarini isbotlab berishdi. Shu bilan birga, OAVda partiyalarning pozitsiyalari va prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari yetarlicha keng yoritilayotganini ko‘rdim. Bular menga hozirgi kunda O‘zbekistonda saylovoldi kurashini yoritishda zamonaviy jurnalistik usullar juda faol qo‘llanilayotgani haqida hulosa chiqarish imkonini beradi”.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing