Janubiy Karolina shtati gubernatori Nikki Xeyli AQShning navbatdagi prezidenti Donald Trampning mamlakatning BMTdagi vakiliga aylanish borasidagi taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda, The Washington Post nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Xeylining yangi lavozimi haqida 23-noyabr, chorshanba kuni bayonot beriladi. Agar ushbu xabar tasdiqlansa, Xeyli xonim Tramp tomonidan vazirlik darajasidagi lavozimga tayinlangan birinchi ayol bo‘ladi.
Izoh (0)