Yaqinda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida narkotik moddalarning navbatdagi kontrabandasi fosh qilindi, deb yozadi Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro T.To‘xtayev (maqoladagi barcha ism shariflar o‘zgartirilgan) paypog‘i ichiga yashirgan marixuanna narkotik moddasini boshqa shaxsga sotayotgan paytda fosh qilindi.
Viloyatdagi umumta’lim maktablaridan birida yosh avlodga ta’lim beruvchi pedagog T.To‘xtayev jinoiy qilshmishlarini yashirish maqsadida o‘z hovlisida o‘stirib, so‘ngra quritilgan 2 tup nasha giyohlarini maktab xonalaridan biridagi lenolium ostiga yashirgan.
Jinoyatni ildizi bilan bartaraf etish maqsadida T.To‘xtayev va “xaridor”ning ko‘rsatmalari asosida yana bir fuqaro K.Ketmonovning xonadoni ham amaldagi tartiblarga muvofiq, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Ushbu xonadon egasi begona ko‘zlardan pana qilish maqsadida narkotik moddalarni og‘ilxonaga ilib qo‘yilgan ayollar sumkasiga, tomdagi eski choynak ichiga, mehmonxona javonidagi bankaga, g‘aladondagi gugurt qutilarga yashirib chiqqan ekan.
Mazkur tezkor tadbir davomida ushbu shaxslardan jami 1 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi. Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va sud tomonidan aybdorlarga nisbatan jazolar tayinlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)