Koreya Respublikasi prokuraturasi mamlakatda avj olgan korrupsion janjal munosabati bilan prezident qarorgohida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda, YTN telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tergovchilar “Moviy uy”ga mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da kirdi. Tintuv fuqarolik ishlari bo‘yicha sobiq bosh kotib, 30-oktabr kuni iste’foga chiqqan U Byon Uning kabinetida o‘tkazildi. Uning ishchi kompyuteri va hujjatlari olib qo‘yildi.
U Byon U prezidentning dugonasi Chxve Sun Sil egallab turgan mavqeini boyish maqsadida suiiste’mol qilganini bilib, tegishli choralar ko‘rmagani bois iste’foga chiqqan edi.
20-noyabr kuni Janubiy Koreya prokuraturasi tergovning dastlabki yakunlarini oshkor etdi. Unga ko‘ra prezident ma’muriyatining yana ikki vakiliga nisbatan korrupsiya ayblovlari ilgari surildi.
Izoh (0)