Rossiya va AQSh barcha turdagi yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha muzokaralarni qayta yo‘lga qo‘yishi lozim. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun qurolsizlanish mavzusida Nyu-York universitetida chiqish qila turib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Joriy yil yakunida BMT ma’muriyatining rahbari lavozimini tark etayotgan Pan Gi Mun xalqaro aloqalarni progressiv qurolsizlantirish orqali barqaror global xavfsizlikka erishish konsepsiyasini taklif qildi.
U asosiy vazifa insoniyat uchun katta xavf tug‘dirishda davom etayotgan yadro qurolini yo‘q qilishdan iborat ekanligini ma’lum qildi.
“Shu munosabat bilan dunyo bo‘yicha eng yirik yadro arsenaliga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi va Qo‘shma Shtatlar barcha turdagi yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha haqiqiy muloqotni yangidan yo‘lga qo‘yishi lozim” — deya ta’kidladi bosh kotib.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)