Nigeriyalik futbolchi Xarrison Chinedu velosipedda boshida to‘p bilan 103 kilometr masofani bosib o‘tdi. Ushbu holat aks etgan video AFP agentligining Twitter’dagi sahifasiga joylandi.
Nigerian footballer Harrison Chinedu cycled 64 miles with a football on his head, hoping to enter the Guinness Book of Records pic.twitter.com/WMccvkXYDL
— AFP News Agency (@AFP) November 21, 2016
“Men rekord qayd etganimdan va u menga tegishli bo‘lishidan xursandman. Natija tekshirilishi uchun Ginnesning rekordlari kitobiga yuborildi”, – dedi Chinedu.
2016-yilning mart oyida nigeriyalik futbolchi boshqa rekordni qayd etgandi. U boshida to‘p bilan piyoda yurgan holda 48,04 kilometr masofani bosib o‘tgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)