Tayvanning TransAsia Airways aviakompaniyasi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgani sababli faoliyatini to‘xtatadi va bozorni tark etadi. Kompaniya direktorlar kengashining 22-noyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan shoshilinch yig‘ilishida shunday qaror qabul qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

21-noyabr, dushanba kuni kechki payt TransAsia to‘satdan ertadan boshlab bir kun muddatga parvozlar to‘xtatilishini ma’lum qildi. Shuningdek, aksiyalari savdosini to‘xtatishni iltimos qildi. Vaholanki, buning arafasida kompaniya qimmatli qog‘ozlari faol ravishda Taybey fond birjasiga chiqarilgandi. TransAsia boshqaruvi raisi va ikki martabali menejeri aksiyalar bilan insayderlik savdosida gumon qilinib, prokuraturaga chaqirildi.

TransAsia Airways Tayvanning kattaligi bo‘yicha uchinchi aviatashuvchisi bo‘lib, 2014 va 2015-yillarda jami 91 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan halokatlarda ikki samolyotidan ayrilgandi. Joriy yil 9 oyi mobaynida kompaniya 69,3 million dollar zarar ko‘rdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.