Suriya hukumatiga muxolif guruhlar jangarilari Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi atrofini o‘qqa tutishni davom etmoqda, deb xabar beradi “TASS”. Damashqqa Rossiya hukumati rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Rogozin tashrif buyuraganida elchixonaning beton devoridan bir necha o‘n metr narida 120 millimetrli mina portladi. Bir muddat oldin elchixona yaqinida yana to‘rt mina portlatilgan edi.
“Vaziyat darhaqiqat murakkab. Deyarli front chizig‘ida ishlashga to‘g‘ri kelmoqda”, — dedi Rossiyaning Suriyadagi elchisi Aleksandr Kinshchak, voqeaga izoh berarkan.
Terrorchilar Jobr tumanidan minomyot zarbalarini bermoqda. Ularning marralari Rossiya diplomatik missiyasi binosidan bir yarim kilometr narida joylashgan. Oxirgi to‘rt yil mobaynida ushbu tuman jangarilar nazorati ostida qolmoqda. Sobiq maktab binosida o‘rnashgan Rossiya harbiylari vzvodi doimiy ravishda kompleksni himoya qilib turadi.
Mina portlagan yerda hech kim zarar ko‘rmadi.
Izoh (0)