15–20-noyabr kunlari Xitoyning Fuchjou shahrida (Futszyan provinsiyasi) ushu-taolu sport turi bo‘yicha birinchi Jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda, O‘zbekiston ushu federatsiyasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Turnirda taoluning har bir yo‘nalishidagi sakkiz eng yaxshi sportchi ishtirok etdi. Ular Jakartada (Indoneziya) 2015-yili bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasidagi ushu bo‘yicha jahon chempionati yakunlariga ko‘ra Jahon kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Jahon chempionatida 120 mamlakat vakillari qatnashgan edi.
O‘zbekiston vakillari Maqsudbek Bahodirov va Nodir Hasanov “duylyan” juftlik bahslarida 9,51 ballni qo‘lga kiritib, Jahon kubogi bronza medaliga ega bo‘ldi. Xitoy (9,71 ball) birinchi, Ukraina (9,52 ball) ikkinchi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)