Xitoy mutasaddilari borgan sayin ko‘proq yerni egallab borayotgan Tenger cho‘liga qarshi kurash maqsadida “yashil kamar” yaratishni rejalashtirmoqda. Ushbu kamarning kengligi 1 kilometr, uzunligi esa 500 kilometrni tashkil etadi, deb xabar beradi TJournal.
Tenger Xitoyda kattaligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinda turadigan cho‘l bo‘lib, uning hududida bir nechta chuchuk suvli ko‘l mavjud, bu holat qisman cho‘llashuvni sekinlashtiradi. Shuningdek, xitoyliklar ko‘chatlar o‘tkazish yo‘li bilan cho‘lga qarshi kurash olib borishga urinmoqda.
“Sinxua” agentligi “yashil kamar” yaratish bo‘yicha boshlangan ishlar aks etgan fotosuratlarni chop etdi.
Izoh (0)