AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning bobosi Fridrix tomonidan yozilgan maktub Germaniya arxivlarida topildi. Ushbu maktubda harbiy majburiyatni buzgani uchun Bavariya qirolligidan quvilayotgan erkak hukumatdan jazoni bekor qilishni so‘ragan, deb xabar beradi “Interfaks”.
Bild jurnali 1905-yilga oid maktubni o‘z sahifalarida chop etdi. Unda Fridrix Tramp Bavariya muvaqqat hukmdori Luitpoldga “sevikli, bag‘rikeng, dono va adolatli” deb murojaat etib, shahzodadan uni mamlakatdan deportatsiya qilmaslikni so‘raydi.
Ammo, shunga qaramay, Luitpold Trampning iltimosnomasini rad etgan.
Fridrix Tramp o‘sha payti Bavariya qirolligi tarkibida bo‘lgan Kalshtadtda tug‘ilgan. U harbiy majburiyatni bajarmagani bois qirollikdan quvilib, AQShga ko‘chib ketgan. AQShda Donald Trampning bobosi pul to‘plab, Bavariyaga qaytishga harakat qilgan, ammo qirollik hukumati uni yana mamlakatdan badarg‘a qilgan.