Farg‘ona viloyatining shu nomli tumanida viloyat asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Farg‘ona viloyatida mingdan ortiq asalarichilik subyekti ro‘yxatga olingan bo‘lib, asalari oilalari soni 65 mingtaga yetkazildi. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorni arzon, sifatli mahsulot bilan ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor shifobaxsh, to‘yimli tabiiy ne’mat ishlab chiqarishni kengaytirishda yutuqlar omili bo‘lmoqda. Viloyat asalarichilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan ishlab chiqarish o‘quv markazida barcha sharoit yaratilgan.
Zamonaviy dastgoh va uskunalar bilan jihozlangan yangi markaz sohani yanada rivojlantirish, yosh mutaxassislarning kollejlarda olgan bilimini amaliyotda mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniyev so‘zga chiqdi.
Izoh (0)