Facebook ijtimoiy tarmog‘i London shahrida o‘z shtab-kvartirasini ochadi. Bu haqda kompaniyaning Yevropa bo‘linmasi rahbari Nikola Mendelson bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“2007-yilda Londonga bir guruh xodimlarimiz keldi. Keyingi yil oxiriga qadar biz Britaniya poytaxtida yangi shtab-kvartiramizni ochamiz, u yerda 1500 kishi ishlaydi”, — uning so‘zlarini keltiradi The Independent.
Uning so‘zlariga qaraganda, yangi bino qurilishi London markazidagi Fitsroviya tumanida olib borilmoqda.