Amerikaning Pauni shahri (Oklaxoma shtati) aholisi 27 ta neft qazib chiqaruvchi kompaniyani hududda zilzila yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishda ayblab, ularga qarshi da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda AP agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
17-noyabr, payshanba kuni berilgan da’voda ta’kidlanishicha, neft kompaniyalari neft quduqlariga oqova suvni haydash zilzilani keltirib chiqarishi mumkinligini bilgan holda ushbu usuldan foydalangan. Da’vo arizasi summasi ma’lum qilinmagan.
Sentabr oyida yuz bergan 5,6 magnitudali yer silkinishi Oklaxomada 2011-yilning noyabridan buyon kuzatilgan eng kuchli zilzila bo‘ldi.
Mart oyida WSJ gazetasi AQSh Geologiya xizmatining ma’lumotlarini chop etdi. Unga ko‘ra, AQShda gaz va neft qazib olishning o‘sishi zilzila xavfini sezilarli darajada oshishiga olib kelgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.