Argentina termasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi mamlakat federatsiyasining terma jamoa qo‘riqchilik xizmati oldidagi qarzini to‘lab berdi, deb xabar qilmoqda “Chempionat”.
Xabarda qayd etilishicha, Argentina futbol federatsiyasi moliyaviy qiyinchilik tufayli qo‘riqchilarga 6 oydan buyon maosh to‘lamayapti. Shu sababli terma jamoa qo‘riqchilik xizmati xodimlari Messining o‘zi bilan ushbu masala yuzasidan suhbatlashishga qaror qildi.
Jurnalist Xuan Palo Varskining ma’lum qilishicha, terma jamoa qo‘riqchilaridan bir necha nafari Argentinaning Braziliyaga qarshi (0:3) o‘yini oldidan Messining oldiga kelib, muammo haqida so‘zlab berdi.
“Leo, sen bilan gaplashib olishimiz kerak. Bizga 5–6 oydan buyon maosh berishmayapti. Sen jamoa sardorisan, sendan yordam so‘raymiz”, – dedi qo‘riqchilar.
Shundan Messi otasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z hisobidan qo‘riqchilarga pul o‘tkazib berishni so‘ragani ta’kidlanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)