Moskvaning “SSKA” klubi safida to‘p suradigan finlyandiyalik futbolchi Roman Yeryomenko ikki yil davomida futbolda bo‘lmaydi. Bu haqda “Chempionat” UEFAga tayanib xabar berdi.
Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turida “SSKA” Germaniyaning “Bayer” klubi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Yeryomenko mazkur bellashuvda nemis klubi darvozasini ishg‘ol qilgan, o‘yindan keyin esa doping nazorati punktiga kiritilgan.
Avvalroq futbolchining doping testi ijobiy chiqqani aytilgandi. Endi esa uning qonidan kokain moddasi topilgani tasdiqlandi. Berilgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi 2018-yilning 6-oktabriga qadar rasmiy futbol musobaqalarida ishtirok etmaydi.
Izoh (0)