18-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Turkiya prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi (foto). 17-noyabr kuni O‘zbekistonga yetib kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.
2. Londonda dunyoda eng yirik Lego do‘koni ochildi. Lester xiyobonida joylashgan ikki qavatli do‘konda Big-Ben minorasining ishlovchi soat va nurlanishga ega, 200 mingta Lego qismlaridan tayyorlangan 6 metrli nusxasini ko‘rish mumkin.
3. AQSh Kongressi vakillar palatasi Boeing samolyotlarini Eronga sotishni man etuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Respublikachilar partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatni yoqlab 243 kongressmen ovoz berdi, 174 kishi qarshi chiqdi.
4. Filippin sobiq prezidenti Ferdinand Markos millat qahramonlari qabristoniga qayta ko‘mildi. Bu haqdagi qaror mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte tomonidan qabul qilindi, so‘ng mamlakat Oliy sudi mazkur qarorni tasdiqladi.
5. O‘zbekiston regbi federatsiyasi raisining o‘rinbosari Osiyo regbi ittifoqi tomonidan “Xarakteri uchun” mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi Guam shahrida 5–6-noyabr kunlari o‘tkazilgan Osiyo regbi ittifoqi Ijroqo‘mi va Konsul mitingida bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)