AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp hukumatiga kirgan barcha amaldorlar iste’fodan keyingi besh yil davomida lobbizm — parlamentdagi manfaat guruhlariga ta’sir o‘tkazish bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmaydi. Bu haqda prezidentning muvaqqat jamoasi vakili Shon Spayser jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Spayserning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyatidagi asosiy mansablarga da’vogarlar o‘z shtatlarida bunday faoliyatni to‘xtatishi lozim, aks holda hukumat idoralaridagi mansablardan umid qilmasa ham bo‘ladi.
Saylovoldi kampaniyasi paytidayoq Tramp Vashingtondagi “botqoqni quritib”, rasmiy shaxslarga boylik orttirish maqsadida lobbizm bilan shug‘ullanishni taqiqlashini ma’lum qilgan edi.