Filippin arxipelagining janubi-sharqidagi qirg‘oqlarida 4,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Seysmologlarning ma’lumotiga ko‘ra, silkinish epitsentri Janubiy Surigao provinsiyasidagi Bayabas munitsipalitetidan 18 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)