16-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Toshkent shahrida biometrik pasportlar berilishi vaqtincha to‘xtatildi. Bir oy davomida biopasportlarni tayyorlovchi qurilmalarga texnik xizmat ko‘rsatiladi va profilaktikadan o‘tkaziladi.
2. Video: Xitoyda yo‘lni kesib o‘tayotgan 20 ming o‘rdak tirbandlik keltirib chiqardi. Qayd etish joiz, o‘rdaklar aynan piyodalar uchun mo‘ljallagan yo‘lakchadan yo‘lni kesib o‘tgan.
3. “Toshkent” telekanali 21-noyabrdan “Tugun” milliy seriali namoyishini boshlaydi. Yangi milliy serialni joriy yil 21-noyabrdan boshlab “Toshkent” telekanalining kechki dasturlarida tomosha qilishingiz mumkin.
4. O‘zXDP Prezidentlikka nomzodining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy bo‘lmagan sahifalaridagi axborotlarga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy saylov shtabi rasmiy bayonot bilan chiqdi.
5. Ruslan Chagayev nima uchun Germaniyadan Rossiyaga ko‘chib o‘tganiga tushuntirish berdi. “Hozir bo‘sh vaqtim ko‘p bo‘lyapti. Boksdan keyingi hayotimni yo‘lga qo‘yishga harakat qilyapman”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.