Saudiya Arabistoni ixtiyoridagi neft zaxiralarining hajmi to‘g‘risidagi ma’lumot tez kunlarda jamoatchilik hukmiga havola etiladi. Raqamlar mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanadi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Mamlakat energetika vaziri Xolid al-Falih Financial Times bilan suhbatda axborot moliyaviy hisobotlar, zaxiralar, daromad va buromad ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishini ma’lum qildi.
Saudiyaning neft zaxiralari jahon energetikasida eng qattiq sir tutiladigan ma’lumotlardan biridir. 1980-yillarda Saudi Aramco milliylashtirilganidan beri hukumat bitta raqamni keltiradi — 260 milliard barrel.
“Saudi Aramco’da nima bo‘lsa, buning bari haqida xabar qilinadi, bari uchinchi shaxslar tomonidan tasdiqlanadi”, — ta’kidladi Xolid al-Falih.
Izoh (0)