Sidneyda istiqomat qiluvchi Ten Shukla biryo‘la ikkita ko‘ngilsizlikka uchradi: unga qarashli 150 ming dollarlik Ferrari 360 Spider sportkari yonib ketdi, shu paytning o‘zida noma’lum shaxslar uning bank kartasi, naqd pullari va noutbukini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
13-noyabr kuni Shukla Lalor bog‘i yaqinida bankomatdan pul yechayotgan edi. Shu paytda u tashqarida avtomobil yonayotgani haqidagi qichqiriqlarni eshitib, o‘girildi va o‘zining sariq rang Ferrari 360 Spider mashinasi olov ichida ekanligini ko‘rdi.
Ammo Shuklaning muammolari bu bilan tugamadi: mashinani qutqarishga shoshilgan erkak bankomatda yechilgan pullar va bank kartasini unutib qoldirgan edi. Ular g‘oyib bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘tkinchilardan biri noutbukni ham o‘g‘irlab ketdi.
Izoh (0)