JCh—2018 saralashi doirasidan o‘rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasini 2000 dan ziyod futbol muxlislari qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, Toshkent—Seul yo‘nalishi orqali 200 ga yaqin o‘zbekistonliklar parvoz qilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston termasini World Cup Stadium’da qo‘llab turadi. Shuningdek, Janubiy Koreyaning turli burchaklarida faoliyatini davom ettirayotgan yana 2000 ga yaqin o‘zbekistonliklar ham mamlakat bosh jamoasiga muxlislik qilish uchun yetib keladi.
Janubiy Koreya — O‘zbekiston o‘yini 15-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi. Bellashuv “Sport” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Izoh (0)