Dunyoda 420 milliondan ortiq kishi jiddiy oqibatlarga, jumladan, jigarning ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazadigan kasallik — diabetdan azob chekadi. Bu haqda BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan e’lon qilgan yozma maktubida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Uning so‘zlariga ko‘ra, “yildan-yilga diabet yanada keng tarqalmoqda, bunga asosan aholining keksayishi va semirish muammosining o‘sishi sabab bo‘lmoqda”. BMT bosh kotibi ma’lum qilishicha, kasallar soni so‘nggi 35 yil ichida qariyb ikki marta ko‘paygan, eng katta o‘sish ko‘rsatkichlari esa o‘rtacha va past darajadagi daromadli mamlakatlarda kuzatilgan.

BMT ma’muriy rahbari bugungi kunda diabet butun dunyo bo‘yicha ko‘rlik va ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishning asosiy sababi bo‘lib xizmat qilishini eslatdi.

Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan, Pan Gi Mun mamlakatlar hukumatlarini kasallikni profilaktika qilish va davolashga e’tibor qaratishga chaqirdi.