8–10-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da birinchi Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasida o‘ttizdan ortiq mamlakatdan 150 qayta ishlovchi kompaniya, savdo tashkilotlari, savdo-sanoat palatalari, tegishli vazirliklar va idoralar, logistik kompaniyalar ishtirok etdi. InterSok kompaniyalar guruhi yarmarkada Viko, “Sochnaya dolina”, Pro100Sok savdo markalari, quritilgan sabzavotlar, ziravorlar va ingrediyentlar, shuningdek, InterSok kompaniyalar guruhiga kiruvchi “Green Agro Food” MChJ tomonidan yetishtiriluvchi sarxil meva va sabzavot mahsulotlari bilan qatnashdi.
4-raqamli pavilyondagi stendda nafaqat Viko, “Sochnaya dolina” va Pro100Sok savdo belgilari sharbatlarining mahsulot assortimenti, ishlab chiqarish, yetkazib berish va yo‘lga qo‘yish ishlari bilan tanishtirildi, balki ularning betakror mazasidan bahra olishga imkoniyat ham yaratildi.
U yerda qiziqarli viktorinalar va tanlovlar o‘tkazildi, ishtirokchilarga esa InterSok’dan mazali va foydali sovg‘alar, shuningdek, hamkorimiz JOY Bowling Club’dan supersovg‘a taqdim etildi.
Toshkent Barmenlar uyi tomonidan uyushtirilgan bayramona shou, shuningdek, Viko hamda “Sochnaya dolina” savdo belgilarining sharbatlari va nektarlaridan kokteyllar tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsi tashrif buyurgan mehmonlarni befarq qoldirmadi.
Bu hali hammasi emas. O‘zbek estradasi yulduzlari Ulug‘bek Rahmatullayev va Shahzoda o‘zlarining yorqin ishtiroklari bilan stendga o‘zgacha fayz bag‘ishlashdi.
Bundan tashqari, tashrif buyurganlar Rio-de-Janeyrodagi XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Ruslan Nuriddinov bilan ko‘rishib, suratga tushish baxtiga muyassar bo‘ldi.
Xalqaro meva va sabzavot yarmarkasiga sertifikatlarni topshirish marosimi ajoyib yakun yasadi — kompaniya “Meva va sabzavot mahsulotlarining eng yaxshi yetishtiruvchisi va qayta ishlovchisi” nomini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida