FIFA videohakamlik tizimini (VAR) Italiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida sinovdan o‘tkazadi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hakamlik brigadasi tarkibiga ikki yordamchi kiritiladi. Ular uchrashuvning eng muhim lahzalarini (gollarning qayd etilishi, penalti belgilanishi, qizil kartochka ko‘rsatish qarorlari va boshqalar) videotakrorlarda ko‘rib boradi.
Xalqaro miqyosda ushbu texnologiya ilk bor 2016-yil sentabrida Italiya va Fransiya termalari uchrashuvida (1:3) sinab ko‘rilgan edi.