“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Argentinaga parvoz vaqtida bosh og‘riqdan aziyat chekdi. Bu haqda, AS nashriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Argentina terma jamoasi 16-noyabr kuni JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 12-turida Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o‘yin Argentinaning San-Xuan shahrida o‘tkazilib, Toshkent vaqti bilan 4:30 da start oladi.
Xabarda qayd etilishicha, samolyot ekipaji Messining mazasi qochganidan xavotirga tushdi va shifokor chaqirtirildi. Bosh og‘riqdan tashqari Messini boshqa hech narsa bezovta qilmagan. U Kolumbiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olishi ta’kidlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)