Shimoliy Koreya hukumati AQShning ayg‘oqchi yo‘ldoshlariga xalal berish uchun alyumin zarqog‘oz yig‘ish kampaniyasini boshladi. Zarqog‘ozni yig‘ish uchun mas’ul bo‘lganlarning ta’kidlashicha, ushbu materiallardan harbiy obyektlarni yashirish uchun to‘r yasaladi. Bu haqda, “TASS”ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, bunday to‘rlar ostida berkitilgan obyektlar AQSh ayg‘oqchi yo‘ldoshlari uchun ko‘rinmas bo‘lib qoladi. Gap, xususan, KXDR havo hujumidan himoya komplekslari haqida bormoqda.
Zarqog‘oz yig‘ish aksiyasida maktab o‘quvchilari ham ishtirok etmoqda. Ular, masalan, otib yuborilgan sigaret qutilari ichidagi zarqog‘ozni yig‘moqda.
Izoh (0)