Buyuk Britaniya fuqarosi Ben Xuper 13-noyabr, yakshanba kuni Atlantika okeanini 3,2 ming kilometr masofada kesib o‘tishni boshladi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

O‘ttiz sakkiz yoshli Xuper avval harbiy politsiya xodimi bo‘lib ishlagan. U suzib o‘tishga 2013-yildan boshlab tayyorlangan. Yakshanba kuni u Senegal poytaxti Dakardan start oldi. Britaniyalik 4—5 oydan so‘ng Natal shahriga yetib bormoqchi.

O‘ta xavfli hududlarda u kamuflyaj gidrokostyum kiyib oladi. Xuper kuniga suvga ikki martadan tushib, jami 12 soat suzmoqchi. Unga ikkita kema hamrohlik qiladi, ularning bortida uning to‘qqiz kishilik jamoasi, shuningdek ingliz mastifi zotidagi iti bo‘ladi.

Reuters ta’kidlashicha, Xuper Atlantika okeanini suzish orqali kesib o‘tgan birinchi odamga aylanishi mumkin.