Rossiya—2018 uchun Shimoliy Amerika mintaqasi mamlakatlari harakatning yakuniy bosqichini boshladi. 2-saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib olgan 6 mamlakat dastlabki uch o‘rinni egallash uchun kurash olib boradi. Bellashuvlar uy-safar tizimida bo‘lib o‘tadi.
Hal qiluvchi saralash bosqichning 1-turidayoq Meksika va AQSh termalari o‘zaro to‘qnash keldi. Kolumbus shtatida bo‘lib o‘tgan bellashuvda Yurgen Klismann boshchilik qilayotgan amerikalik futbolchilar 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlabki turni, shuningdek, Panama va Kosta-Rika termalari ham g‘alaba bilan boshladi.
JCh—2018 KONKAKAF saralashi. 1-tur 11-noyabr, shanba
Izoh (0)