12-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida umumiy kun tartibining barcha masalalari bo‘yicha hamkorlik, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirishga ikki tomon ham intilayotgani qayd etildi.
Muzokaralar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari OAV vakillari oldida nutq so‘zladi.
Uchrashuvda Xitoy elchisi Sun Litsze ishtirok etdi.
Izoh (0)