Xitoyda 11-noyabrda nishonlanadigan Yolg‘iz kishilar kunidagi 24 soat davom etadigan sotuvlarning ilk 5 daqiqasi Alibaba internet-kompaniyasiga 1 milliard dollar keltirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
2015-yili ushbu kundagi oldi-sotdi hajmi 60 foizga oshib, 91,2 milliard yuanni (13,5 milliard dollar) tashkil etgandi. Deyarli barcha ekspertlarning bu yil sotuv summasi yanada ko‘proq bo‘lishiga ishonchi komil.
Kompaniya bu yil hodisaga qiziqishni yanada orttirish maqsadida sotuvlar ochilishiga aktrisa Skarlett Yoxansson, futbolchilar Devid Bekxem va Tomas Myuller, basketbolchi Kobi Brayant va One Republic rok-guruhini taklif etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.