Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Gollandiyaga qarshi (1:1) o‘rtoqlik o‘yinida ikki metrdan bo‘sh qolgan darvozaga gol ura olmadi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.
Angliyaning “Everton” klubida to‘p surayotgan hujumchi gol ura olmagan vaziyat o‘yinning 78-daqiqasida yuz berdi. U vaqtda Gollandiya 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
Lukaku 7-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Bosniya va Gersegovinaga qarshi (4:0) JCh–2018 turniriga saralash bosqichida ham shunga o‘xshash holatda duch kelgandi. O‘shanda Lukaku Kevin De Bryuyne tomonidan uzatilgan to‘pni Asmir Begovich qo‘riqlayotgan darvoza ichiga aniq yo‘llay olmagandi.