Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida endokrinologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda olimlar, shifokorlar, yosh tadqiqotchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari va xorijlik mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjumanda endokrinologiya sohasida ilm-fan va tibbiyot amaliyotida erishilayotgan muhim natijalar, yod tanqisligi profilaktikasi, qandli diabetning oldini olish, erta aniqlash va samarali davolash bo‘yicha yangicha yondashuvlar, endokrin tizimlar kasalliklarini davolashning zamonaviy yo‘nalishlariga oid ma’ruzalar tinglandi.