“Tolibon” harakati jangarilarining Mozori Sharifdagi Germaniya elchixonasiga hujumi natijasida yaralangan 120 dan ortiq kishi orasida Tojikistondagi Afg‘oniston elchisi ham borligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil elchixonani o‘rab turgan devorga borib urilgan. So‘ng diplomatik vakolatxona yaqinida va uning hududida jangovar harakatlar yuz berdi.
“Tolibon” harakati ushbu terakt AQShning Qunduz provinsiyasiga bergan aviazarbasi uchun qasos ekanligini ma’lum qildi, o‘shanda 30 dan ortiq tinch aholi vakillari halok bo‘lgan edi.
DPA agentligi xabariga ko‘ra, toliblarning bosh elchixonaga hujumi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 120 ga yaqini yaralandi. Halok bo‘lganlarning barchasi — Afg‘oniston fuqarolari.