Suriya armiyasi jangchilari Aleppo janubi-g‘arbidagi Daxiyat al-Asad manzili ustidan nazoratni qaytarib oldi. Mazkur hududdagi janglar 15 kun davom etdi, deya xabar beradi “TASS”.
“Jabhat Fath ash-Shom” boshchiligidagi qurollangan guruhlar hukumat kuchlari nazoratidagi shaharning g‘arbiy tumanlariga o‘tish yo‘lini to‘suvchi asosiy himoya chizig‘i vazifasini o‘taydigan Hafiz Asad nomli harbiy akademiyani ishg‘ol qilishga uringandi.
Al Mayadeen telekanaliga ko‘ra, qo‘shinlar jangari tuzilmalarni ta’qib etmoqda va qurolli guruhlarning oldingi istehkomi bo‘lib xizmat qilayotgan qo‘shni Rashidin-4 kichik tumani tomonga siljimoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.