JCh—2018 chiptasi uchun kurash olib borayotgan Qatar milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Rossiya ustidan zafar quchdi — 2:1. Qayd etish kerak, bu ikki mamlakat navbatdagi ikki Jahon Chempionati mezbonlari hisoblanadi — Rossiya—2018 va Qatar—2022.
Qatar poytaxti Dohada bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisob rossiyaliklar tomonidan ochilganiga qaramay, keyinchalik qatarlik futbolchilar 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.Uchrashuvni boshqarib borgan ruminiyalik hakam Kristian Balay 4 ta penalti belgiladi. Qatar va Rossiya 1 tadan penaltidan aniq amalga oshirgani kabi, yana 1 tadan 11 metrlik jarima zarbasidan aniq foydalana olmadi.
Ma’lumot uchun, Qatar termasini Xorxe Fossati qabul qilib olganidan keyin jamoa JCh—2018 3-saralash bosqichidagi dastlabki g‘alabasini Suriya ustidan qo‘lga kiritgandi — 1:0. Endi esa o‘rtoqlik o‘yinida Rossiya taslim qilindi.
Kecha, shuningdek, O‘zbekiston va Eron termalari ham o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushgandi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini 10-noyabr, payshanba