Sharqiy ekspress
Ko‘pchilik uni Agata Kristining “Sharqiy ekspressdagi qotillik” romani orqali yaxshi taniydi. Ekspress Istanbul va Parij o‘rtasida 1883-yilda qatnashni boshlagan. 1977-yilda poyezd relsdan chiqarilgan, ammo u yaratilganidan 99 yil o‘tib, yangilangan Venice Simplon Orient Express ishga tushgan.
Sharqiy ekspress bortida jinsi shim kiyish mumkin emas. Restoran vagondagi kechki ovqat esa qat’iy dress-kodni talab qiladi.
Chipta narxi 929 funt sterlingdan boshlanadi.Eastern & Oriental Express ekspressi
Poyezd 1973-yilda Yangi Zelandiyadagi Oklend va Vellingtonni birlashtirish uchun qurilgan. 20 yildan so‘ng dizaynerlar uni 1920-yillar uslubida qayta jihozladi. Endi u Singapurdan Malayziya va Bangkokka qatnaydi.
Chipta narxi 1775 funt sterlingdan boshlanadi.Blue Train ekspressi
Poyezd Keyptaun, Port-Elizabet va Pretoriya o‘rtasida qatnaydi. Ekspress Janubiy Afrika Respublikasining manzarali janubiy qirg‘oqlari bo‘ylab yuradi.
Chipta narxi 740 dollardan boshlanadi.The Golden Chariot ekspressi
Janubiy Hindiston bo‘ylab qatnaydigan yo‘lovchi poyezdi Angliya qirolichasining “Ko‘k ekspress”i uslubi bo‘yicha yaratilgan. U hindcha shukuhdagi shohonalikdan iborat, u yerda hatto SPA markazi mavjud.
Chipta narxi 5730 dollardan boshlanadi.Rovos Rail ekspressi
Vagonlarining ko‘pchiligi 1911-yilda Yevropada qirollik oilasi uchun transport vositasi sifatida yig‘ilgan. O‘n yillardan so‘ng kompaniyalardan biri uni qayta tiklab, Afrika bo‘ylab qatnaydigan lyuks sinfidagi poyezdga aylantirdi. Bu yerda yo‘lovchilarga Afrika taomlari taklif qilinadi.
Chipta narxi 1200 dollardan boshlanadi.Royal Scotsman ekspressi
Shotlandiya bo‘ylab qatnaydigan shinam yo‘lovchi poyezdi. Vagonlaridan biri SPA markaziga aylantirilgan. Chipta narxiga qadimiy qasrlarga tashrif buyurish, viski zavodiga borib, tatib ko‘rish, ekskursiya va boshqalar kiradi.
Chipta narxi 2350 funt sterlingdan boshlanadi.The Maharaja’s Express
Hindistonda qatnovchi Osiyodagi eng qimmatbaho yo‘lovchi poyezdi. Hind qirol saroyi nusxasi bo‘lib, uzoq sayohatlarga moslashtirilgan.
Har bir yo‘lovchiga alohida xizmatkor biriktirilgan. Dasturga ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, konsertlar, ekskursiya kiritilgan.
Chipta narxi 6840 dollardan boshlanadi.“Imperator Rossiyasi” poyezdi
Moskvadan Mo‘g‘uliston orqali Pekingacha qatnaydigan shohona poyezd. U har bir yo‘nalish bo‘yicha yiliga faqat bir marta qatnaydi. Poyezd shoh oilasi sayohat qilgan vagon dizayni bo‘yicha bezatilgani uchun shunday nomlangan.
Chipta narxi 4900 dollardan boshlanadi.“Tilla burgut” ekspressi
Moskva va Pekin hamda Moskva va Vladivostok orasida qatnovchi dunyodagi eng qimmatbaho sayyohlik poyezdi. Pianino va kutubxonasi bo‘lgan alohida bar vagoni mavjud.
Chipta narxi 14 395 yevrodan boshlanadi.