Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Braziliyaga qarshi (0:3) Janubiy Amerika qit’asidan JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 11-turidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Argentina terma jamoasi futbolchilari fikrlash shaklini o‘zgartirishi kerak. Bosh joyida bo‘lmasa, oyoqlar ham quloq solmaydi. Biz ushbu yomon holatdan chiqishimiz kerak. Qiyin raqibga qarshi kurash olib bordik. Braziliyaning birinchi goligacha o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Ularning ikkinchi goli esa bizni qiyin ahvolga soldi. Argentina adashib qoldi va biz bundanda yirik hisobda mag‘lub bo‘lishimiz mumkin edi. Jamoa o‘z natijalariga bog‘liq bo‘lib turibdi, ammo endi ochko yo‘qota olmaymiz”, – dedi Messi.
Ayni damda Braziliya terma jamoasi 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Argentina 16 ochko bilan 6-o‘rinni band qilib turibdi.