LG kompaniyasi o‘zining LG Signature OLED-televizori uchun beshinchi va “Eng yaxshi innovatsiyalar” yo‘nalishida ikkinchi marta ketma-ket CES Innovation Award mukofotiga loyiq ko‘rildi.
LG Electronics (LG) texnologiya va dizayn sohasidagi innovatsiyalari uchun Iste’molchi texnologiyalar assotsiatsiyasi (Consumer Technology Association, CTA™) tomonidan e’tirof etildi. U CES 2017 Innovation Awards’ning 21 mukofotini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi — LG Signature, OLED-televizor, shuningdek, LG V20 yuqori samarali multimedia smartfoni kabi ultra-premium mahsulotlari uchun olingan mukofotlar shular jumlasidandir. LG’ning OLED televizorlari beshinchi yil ketma-ket CES Innovation Award mukofotiga munosib ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, CES 2017 dunyodagi eng yirik texnologiyalar ko‘rgazmasining 50 yilligini nishonlamoqda. LG 11 ta yuqori raqobat kuzatilgan yo‘nalishlarda e’tirofga sazovor bo‘ldi — maishiy texnologiya, audio va videomahsulotlar, simsiz telefonlar va aksessuarlar, videodispleylar, Smart Home mahsulotlari, dunyoni yaxshilovchi texnologiyalar, eko-dizayn / chidamli texnologiyalar, portativ media-pleyerlar va kompyuter periferiyasi. Mukofotga sazovor bo‘lgan mahsulotlar 2017-yilning 5–7-yanvarida Las-Vegasdagi CES 2017 ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
CES 2017 Innovation Award mukofotlarini qo‘lga kiritishda LG Signature brendi o‘zining televizorlari, kir yuvish mashinalari va idish-tovoq yuvuvchi texnologiyasi bilan yetakchilik qildi. LG Signature mahsulotlari LG’ning eng ilg‘or texnologiyalari va dunyo ahli talabiga javob beruvchi dizaynni o‘zida uyg‘unlashtirgan.
CES Innovation Awards mukofoti g‘oliblari har yili CTA va Amerika sanoat dizaynerlari jamiyatining qo‘llab-quvvatlashi ostida nufuzli sanoat dizaynerlari, muhandislar va jurnalistlar guruhi tomonidan tanlanadi. Ular mahsulotlarni iste’molchi uchun ahamiyatga ega bir qator jihatlariga (estetika, innovatsion dizayn, sifat va turmush sifatiga qo‘shgan hissasi) ko‘ra baholaydi.
LG’ning Innovation Award mukofotlari egalarining to‘liq ro‘yxati kompaniya tomonidan 2017 yilning 4 yanvarida CES matbuot konferensiyasida Las-Vegasdagi Mandalay Bay Resort’da e’lon qilinadi.
LG Electronics kompaniyasi haqida
LG Electronics, Inc (KSE: 066570.KS) elektronika, mobil aloqa va maishiy texnika bozoridagi innovatsion texnologiyalar ishlab chiqaruvchisi va yetakchisi hisoblanadi. Kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 125 idorasida 77 ming kishi faoliyat yuritadi. 2015-yilgi umumiy sotuvlar hajmi — 48,8 milliard dollar. LG to‘rt bo‘limga ega: Home Appliance & Air Solutions, Mobile Communications, Home Entertainment va Vehicle Components. Kompaniya haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi saytga tashrif buyuring.Reklama huquqi asosida