2022-yili Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining tashkiliy qo‘mitasi qurilayotgan stadionlardan birida ishchining halok bo‘lganidan so‘ng bo‘lajak turnirning qurilish obyektlarida xavfsizlik choralarini kuchaytiradi. Bu haqda JCh–2022 tashkiliy qo‘mitasi bosh kotibi Xasan Al-Tavadi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
22-oktabr kuni Al-Vaqro shahrida qurilayotgan stadionda 29 yoshli Nepal fuqarosi Kumar Pashman halok bo‘lgandi.
“Bo‘lib o‘tgan hodisa turnirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida xavfsizlik choralarini kuchaytirish uchun yetarlicha dalil sifatida xizmat qildi”, – dedi Al-Tavadi.
Ma’lumot uchun, JCh–2022 turniri 21-noyabrdan 18-dekabrgacha, Qatarning yetti shahri – Doha, Lusail, Al-Vaqro, Al-Xor, Ar-Rayyon, Umm-Salal va Madinat-ash-Shamalda bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.