Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan birida istiqomat qiluvchi erkak uch metrlik kapcha ilon bilan turmush qurdi. Bu haqda, The Daily Mail nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Erkakning uqtirishicha, ilon uning marhum sevgilisining qayta tug‘ilishidir. Qiz besh yil muqaddam halok bo‘lgan edi. Buddaviylik diniga e’tiqod qiluvchi erkak reinkarnatsiyaga (qayta tug‘ilishga) ishongani bois ilonga uylandi.
Endi yosh yigit hamma vaqtini ilon bilan birga o‘tkazmoqda. Ilonning bunga munosabati noma’lumligicha qolmoqda.