AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan sobiq nomzod Hillari Klinton mag‘lubiyatidan so‘ng ilk bor jamoat joyida payqaldi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Nyu-York shtatida yashovchi Margo Gerster o‘rmonda sayr qilib yurganida tasodifan sobiq birinchi xonimni ko‘rib qolgan.
“Avvaliga Bill Klintonni tanidim. Keyin esa uning yonida rafiqasi turganini ko‘rdim. Hillari meni quchoqlab oldi va umuman, u juda yaxshi kayfiyatda edi”, — deya hikoya qilgan telekanalga Gerster.
CNN efirida ikki ayol va bolakay aks etgan foto namoyish etildi. Shuningdek, Gerster o‘zining Facebook’dagi sahifasida ham mazkur surat va unga izohni joylashtirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.