Kanadalik xonanda, shoir va yozuvchi Leonard Koen 82 yoshida vafot etdi. Uning o‘limi haqida qo‘shiqchi bilan hamkorlik qilgan Sony Music Canada kompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Leonard Koen 1934-yilda Kvebek provinsiyasining Uestmaunt shahrida tug‘ilgandi. Uning eng mashhur qo‘shiqlari qatorida Hallelujah, Suzanne, Dance Me to the End of Love va boshqalar bor.
Koen nomi Kanada musiqasi shon-shuhrati va AQSh rok-n-roll shon-shuhrati zallariga kiritilgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.