eBay’ning Rossiyadagi bosh direktori Vladimir Dolgov 57 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Dolgov o‘limining sabablari aniqlashtirilmayapti. Kompaniyaning Rossiyadagi vakolatxonasiga kim rahbar etib tayinlanishi uning dafn marosimidan so‘ng e’lon qilinadi.
Dolgov vakolatxonaga u ochilgan 2012-yildan buyon boshchilik qilib kelayotgan edi. Bunga qadar u 2005-yildan beri Google Russia bosh direktori, undan ham ilgari esa “Ozon.ru” internet do‘koni rahbari lavozimlarida ishlagan.