IShID terrorchi guruhi jangarilari Iroqning Mosul shahri va uning atrofida oltingugurt yoqib, uning tutunidan kimyoviy qurol sifatida foydalanmoqda. Bu haqda BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra’d al-Husaynning bayonotida aytiladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Mosul janubidagi al-Mishrag hududida joylashgan korxonada oltingugurt tutunini hidlagan to‘rt kishi halok bo‘ldi. Fabrika IShID tomonidan o‘qqa tutilgan, so‘ng unga o‘t qo‘yilgan edi.
26-oktabrda esa oltingugurt tutunini hidlagan ikki oylik go‘dak halok bo‘ldi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, IShID katta miqdorda ammiak va oltingugurt to‘plab, ularni tinch aholi yashaydigan hududda saqlamoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.