Iroq poytaxtining turli nuqtalarida 10-noyabr, payshanba kuni ro‘y bergan uchta portlash oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, 17 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Anadolu agentligiga ko‘ra, ikki holatda qo‘lbola portlovchi qurilmalar harakatga keltirilgan, uchinchisida esa avtomobil portlatilgan.
Hozircha hech bir terrorchi guruh hodisalar uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.