Shimoliy Koreya 10-noyabr kuni yana bir bor AQShni uni yadroviy hokimiyat deb tan olishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning bayonotida Vashington amaldagi prezident Barak Obamaning “yutqizib bo‘lgan” siyosatidan voz kechishga chaqirildi.
“AQSh Shimoliy Koreyani rasman yadroviy hokimiyat deb tan olishi va u bilan shunga yarasha munosabatda bo‘lishi lozim — boshqa yadroviy davlatlarga qanday munosabat bo‘lsa, xuddi shunday”, — ta’kidladi u.
Hujjatda aytilishicha, AQShning KXDRga qarshi sanksiyalari ish bermadi, mamlakatni yadroviy raketalarni tugatishga majburlashning imkoni yo‘q.
Ilgari ham KXDR uni yadroviy hokimiyat deb tan olishlarini talab qilgan edi.