AQShning Newsweek jurnali yanglishlik tufayli prezident saylovida Hillari Klinton g‘alabasiga bag‘ishlangan sonini sotuvga chiqarib yubordi. Bu haqda, The New York Post nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, nashr sonning biryo‘la ikki variantini tayyorlab qo‘ygan bo‘lib, ularning biri Klintonning, biri esa Trampning g‘alabasiga bag‘ishlangan edi. Ikki versiya ham distribyutor — Topix Media kompaniyasiga yetkazilgan edi. Ammo kompaniya Hillari Klintonning g‘alabasiga ishongan holda do‘konlarga faqat bitta versiyani yo‘lladi.
Natijada jurnalning kioskalardagi oxirgi soni bosh sahifasida “Prezident xonim” so‘zlari aks etdi. 125 ming nusxada chop etilgan jurnal versiyasini 17 kishi sotib olishga ulgurdi. Shundan so‘ng tiraj qaytarib olindi, o‘quvchilardan esa kechirim so‘raldi.
Izoh (0)