Kipr politsiyasi orolning shimoli-g‘arbiy sohillarida 123 qochqinni qutqarib oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qutqarib olinganlarning 42 nafari bolalar, 19 nafari ayollar va 62 nafari erkaklardir. Muhojirlardan hech kim zarar ko‘rmadi.
Suzish paytida ayollardan birining ko‘zi yoridi.
Qochqinlarni olib kelayotgan qayiq kecha, 9-noyabr kuni aniqlangan edi. Uning egasi yo‘lovchilarni tashlab, suv mototsiklida ketib qolgandi.
Muhojirlar suriyaliklar bo‘lib, ular Turkiyaning Mersin portidan kelayotgan edi. Ularning hikoya qilishicha, qayiq egasi har bir kishidan 2,2 ming dollar olgan.
Izoh (0)